Kalkulyator
Harakat kaloriyasi
Vazningiz, harakat turi va davomiyligini tanlang — qancha kaloriya yoqilgani chiqadi. Hisob Kaloriya ilovasidagi bilan bir xil.
Bu taxmin: haqiqiy sarf yosh, tayyorgarlik va shiddatga qarab ±30% farq qiladi.
Ilovada mashq yozsangiz, yoqilgan kaloriya o'sha kunning normasiga qo'shiladi — kechki ovqatga joy qoladi.
Telegram'da ochishFormula ochiq
Qanday hisoblanadi?
MET formulasi — ilovada mashq yozganingizda ham shunday hisoblanadi.
MET formulasi
MET — harakat tinch o'tirishdan necha barobar ko'p energiya talab qilishi: tinch holat 1 MET, yugurish 8 MET.
kkal = MET × 3,5 × vazn ÷ 200 × daqiqa
3,5 × 3,5 × 70 ÷ 200 × 30 ≈ 129 kkal
Qadamlar
1 qadam ≈ 0,001 × vazn kkal: 70 kg odam uchun 10 000 qadam ≈ 350 kkal. Ilovada kundalik turmushga kirgan qadamlar normada allaqachon bor — faqat ulardan ortig'i qo'shiladi:
30 daqiqada qancha yoqiladi · 70 kg
Haftalik maqsad — 150 daqiqa
JSST kattalarga haftasiga kamida 150 daqiqa o'rtacha jismoniy harakatni tavsiya qiladi — bu kuniga 20–30 daqiqa tez yurish degani. Shuning uchun ilovada asosiy ko'rsatkich kaloriya emas, daqiqa: haftalik maqsadga qancha qolgani ko'rinib turadi.
Muhim
Hisob taxminiy: haqiqiy sarf yosh, tayyorgarlik va harakat shiddatiga qarab ±30% farq qiladi. Yurak, qon bosimi yoki bo'g'im muammosi bo'lsa, yangi mashqni shifokor bilan kelishing.
Yana
Boshqa kalkulyatorlar
Kunlik kaloriya normasi
Ozish, saqlash yoki vazn olish uchun kuniga qancha yeyish kerak
Hisoblash →Tana vazni indeksi (TVI)
Vazningiz bo'yingizga mosmi — JSST shkalasi bo'yicha
Hisoblash →Ideal vazn
Bo'yingiz uchun sog'lom vazn oralig'i
Hisoblash →Suv normasi
Kuniga necha litr suv ichish kerak
Hisoblash →