Kaloriya

Telegram ichida, bepul

Kaloriyani sanasho'zbek taomlari bilan

Osh, lag'mon, somsa — «1 kosa», «1 dona» o'lchovida. Yoki botga shunchaki yozing — kaloriyasini o'zi hisoblaydi.

Telegram bot

Yozing, ayting yoki suratga oling

Nima yeganingizni botga yuboring — kaloriyasini o'zi hisoblab, kundalikka qo'shadi. Suv, vazn va harakatni ham shunday yozsa bo'ladi.

Shaxsiy reja

Normangizni bir daqiqada bilasiz

Bo'y, vazn va kundalik turmush tarzingizdan kunlik kaloriya, BJU va maqsadga yetish sanasi hisoblanadi — shoshilmasdan, sog'lom tezlikda.

Normamni hisoblash

O'zbek taomlari

«1 kosa osh» deb qo'shasiz

Palovni grammlab tortmaysiz: 243 ta taom va mahsulot, 162 ta mahalliy o'lchov — kosa, dona, bo'lak, piyola, six.

Harakat

Tomorqa ham hisobga olinadi

21 ta mashq: yurish va futboldan tortib uy ishlari, tomorqa va bozorgacha. Yoqilgan kaloriya o'sha kunning normasiga qo'shiladi.

Tahlil

Haftangiz raqamlarda

Kunlik o'rtacha kaloriya, BJU muvozanati va kalendar — qaysi kuni oshib ketganingiz va nima yetishmayotgani bir qarashda.

Telegram'da boshlash

Hammasi bir joyda

Ovqatdan tashqari ham

Suv, intervalli ovqatlanish va yengil retseptlar — alohida ilova kerak emas.

−270 kkal

Yengil retseptlar

Osh ham bo'ladi, faqat yengilroq

Milliy taomlarning yengil varianti: 480 kkal, odatdagisi — 750. Ta'mi o'sha.

Suv

1,25/ 2 l

Bir bosishda bir stakan. Norma vazningizdan hisoblanadi.

Intervalli ovqatlanish

16:8

Taymer o'zi sanaydi. Ochlik tugashiga 4:47:20 qoldi — 12:00 da ovqat oynasi.

Motivatsiya

Odatga aylanadi

Ketma-ket kunlar, bosqich tabriklari, kalendar va haftalik statistika — har bir kichik g'alaba ko'rinib turadi.

🔥7kun ketma-ket
🏆
📅
📈
💧

Nega Kaloriya

O'zimizniki — o'zimizga mos

Xorijiy ilovalar yaxshi, lekin ular o'zbek dasturxonini bilmaydi.

Xorijiy ilovalar

  • ✕O'zbek tili yo'q
  • ✕Burger, pitsa, makaron
  • ✕Porsiya — faqat grammda
  • ✕Yuklab olish va ro'yxatdan o'tish
  • ✕Ko'p imkoniyat — pullik obunada
⭐

Kaloriya

  • ✓To'liq o'zbek tilida
  • ✓Osh, lag'mon, somsa — 243 ta taom va mahsulot
  • ✓«1 kosa», «1 dona», «1 bo'lak»
  • ✓Telegram'da bir bosishda
  • ✓Bepul boshlanadi

Fikrlar

Sinab ko'rganlar nima deydi

Kaloriya'dan foydalanayotganlarning o'z so'zlari.

JamshidToshkent
Oldingi ilovalarda oshni grammlab kiritishga to'g'ri kelardi, shuning uchun tashlab qo'ygandim. Bu yerda «1 kosa» deb qo'shaman — bo'ldi.
JasurSamarqand
Telegram ichida ekani qulay ekan, alohida ilova yuklash shart emas.
MadinaFarg'ona
Suvni stakanchalar bilan belgilash yoqdi. Kechqurun qarasam, yarim litr ham ichmagan ekanman — endi kuzatib boraman.
SardorBuxoro
Tomorqada ishlaganimni ham yozsa bo'larkan. Yoqilgan kaloriya kunlik normaga qo'shilib, kechki ovqatga joy qoladi.
NilufarNamangan
Ochlik taymeri bilan 16:8 ni boshladim. Qachon tugashini ilova o'zi ko'rsatib turadi, soatga qarab o'tirmayman.
AzizToshkent
Haftalik statistikadan kechki ovqatda oshirib yuborishimni ko'rdim. Kichik o'zgarish, lekin tarozida bilinyapti.

Savollar

Tez-tez so'raladi

Ha — hozir barcha imkoniyatlar bepul.

Yo'q. Kaloriya Telegram ichida ishlaydi: @kaloriyam_bot ga kiring va «Kaloriya'ni ochish» tugmasini bosing. Parol ham, ro'yxatdan o'tish ham yo'q.

Kunlik norma Mifflin–St Jeor formulasi bilan hisoblanadi — dietologlar ham shuni ishlatadi. Baribir bu taxmin: vazningiz qanday o'zgarayotganini kuzatib, kerak bo'lsa normani profilda moslaysiz. Mashqlarda yoqilgan kaloriya taxminan ±30% aniqlikda.

Faqat siz. Kirish Telegram orqali, har bir yozuv faqat egasiga ochiq.

Yo'q. Kaloriya sog'lom kattalar uchun kundalik yordamchi. Homiladorlik, emizish, surunkali kasallik yoki 18 yoshgacha bo'lsangiz, ovqatlanish rejasini shifokor bilan tuzing.

Tayyormisiz?

Bugundan boshlang

Birinchi ovqatingizni qo'shing — normangizdan qancha qolganini Kaloriya o'zi hisoblaydi.

Telegram'da boshlash